Milk qonab tahorat sinishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, milklarim shamollagan, goh-goh qonab turadi. Inshaalloh yaqinda davolataman. Shu qonashi ayni tahorat o‘rtasi yoki tugatishimga bo‘ladi. Tahorat singan paytda hali badanim nam, ho‘l holatda bo‘ladi. Shu payt tahoratni faqat farzlarini qo‘l oyoq yuzni bir martadan yuvsam bo‘ladimi? Yoki boshidan boshlash kerakmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir martadan yuvsangiz farz ado bo‘lib, sunnatni tark qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:32 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir martadan yuvsangiz farz ado bo‘lib, sunnatni tark qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:32 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar