Jamoatga ulgurmaslik

Assalomu alaykum! Asr namozida (yoki boshqa namozda)  jamoatga, namozning 4-rakatiga ulgurilsa salomdan keyin 3 rakat namoz qay tarzda davom ettiriladi? Avval bir rakatni o‘qib qa’dada o‘tirib, keyin ikki rakat o‘qiladimi yoki aksinchami? Va shu xolda zam suralar qanday o‘qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1 rak’at zam sura bilan o‘qib qa’daga o‘tiriladi, keyin turib bir rak’at zam surali bir rak’at zam surasiz o‘qiladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar