G‘usl betoblik

Assalomu alaykum! Inson betobligi sababli tahoratga suv ishlatolmay qolsa, tayammum qiladi. Lekin shu inson ehtilom bo‘lib qolib g‘usl vojib bo‘lgan bo‘lsa, namoz o‘qish uchun qanday poklanadi? (suv ishlatsa kasalligi kuchayib ketishi mumkin, lekin g‘usl vojib bo‘lib qolgan)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holat shu darajada bo‘lsa, g‘uslga ham tayammum qiladi. Ammo bemorni holatini biz haqiqatan tayammum darajadaligini bilmaymiz. Umumiy qoida suv ishlatish kasalni ziyoda bo‘lishi yoki tuzalishini kechga surilishiga sabab bo‘lsa, tayammum joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:43 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar