O‘qituvchi ayollarning bergan fatvosi
Assalomu alaykum! Bu kanalni anchadan buyon kuzatib boraman va juda ko‘p bilmaganlarimni o‘rganaman. Yoshim 43da, bugun bir narsaga hecham aqlim etmadi va sizlarga murojat qilmoqdaman. Qo‘shni ayollar bilan o‘tiruvdik kimdir namoz haqida so‘rab qoldi va men nomoz o‘z vaqtida o‘qilishligi farz devdim,50 yoshlardan oshgan bir qo‘shnim "Qur’onda yozilgan biz o‘qituvchilar nomoz o‘qimasak ham to‘g‘ri jannatga tusharkanmiz o‘zim o‘qiganman" deb qoldi. Men "opa unaqa demang buni Alloh biladi aniq dalil bumasa gapirmang" devdim boshqa o‘qituvchi qo‘shnimdan qattiq tanbeh eshitdim. Lekin hech narsa demadim. Savolim shuki ularning yoshlari katta bo‘lganliklari uchun xato gaplarini ham eshitib jim o‘tiraversam gunohga qolmaymanmi? Chunki bunaqa holat judayam ko‘p bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri aytgansiz. Ular dinimizda yo‘q gapni gapirib haddilaridan oshibdi. Dinda yo‘q narsani o‘zicha bor deb fatvoga jur’at qiluvchilar haqida hadisda quyidagicha keladi: عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar».
Dorimiy rivoyat qilgan.
Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqmasa, parvo qilmasdan to‘g‘ri kelgan fatvoni aytaveradi.
Imkoningiz bo‘lsa bu kabi gaplarni to‘xtatishga harakat qiling. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:43 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar