Qasr o‘qiymanmi yoki to‘liq

Assalomu alaykum! Biz oilaviy ishlash uchun Rassiyaga kelganmiz. Kamida 2yildan beri shu erda yashab ishlab yuribmiz. Endi men O‘zbekistonga uyimizga nomalum vaqtga borib kelsam(aniq emas 15 kun yoki kamroq). Namozlarimni to‘liq o‘qiymanmi yoki qasr qilibmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘lda qasr o‘qiysiz. Uyingizda to‘liq o‘qiysiz. Chunki O‘zbekistondagi uyingiz hali ham sizning asliy vataningizdir. Siz chetga faqat ishlash uchun borgansiz, doimiy yashab qolish uchun emas. Vallohu a’lam!

7 Dekabr 2023, 12:31 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar