Jufti halollikka bir insonni duoda so‘rash

Assalomu alaykum! Bir insonni jufti xalollikka o‘zim uchun namozlarimda duo qilib so‘rashim to‘g‘rimi va xojat namozi o‘qiyotgan edim. Xojat namozida o‘zim uchun bir insonni so‘rasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat bunday holatga istixora namozini joriy qilgan. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: وَعَسَى أَن تَكْرَهُواْ شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ وَعَسَى أَن تُحِبُّواْ شَيْئًا وَهُوَ شَرٌّ لَّكُمْ وَاللّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ۝ 216....Ajab emaski, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va ajab emaski, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz esa bilmassiz. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 49 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar