Qon va suyak ustida bavl haqida
Assalomu alaykum! Biz tomonlarda xalq orasida bir gap bor qon yoki suyakni ustida bavl qilish mumkinmas jin uradi shaytonlanadi yo vahkz boshqa nimadrlar bo‘ladi deyishadi. Bu bidatmi yo dinimizda bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday narsalar bor joyga jinlar to‘planishi mumkin. وَلِلتِّرْمِذِيِّ: لَا تَسْتَنْجُوا بِالرَّوْثِ وَلَا بِالْعِظَامِ فَإِنَّهُ زَادُ إِخْوَانِكُمْ مِنَ الْجِنِّ Termiziy keltirgan rivoyatda:
«Tezak va suyak bilan istinjo qilmanglar. U jin birodarlaringizning zodi (taomi)dir», deganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «jin birodarlaringizning zodi» de¬yishlaridan jinlarning ham mo‘min-musulmonlari borligi tushuniladi. Qur’oni Karimning Jin surasiga murojaat qilinsa, bu haqda ma’lumot olinadi. Bir guruh jinlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qiroatlarini eshitib, to‘xtashgan, iymon keltirishgan va o‘z qavmlarini ham Islomga chaqirishgan.
Imom Abu Dovud keltirgan rivoyatga binoan, jinlarning vakillari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ey Muhammad, ummatingni suyak, tezak va qi¬yindi bilan istinjo qilishdan qaytar. Alloh ularni bizga rizq qildi», deganlar.
Ana shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mazkur narsalar bilan istinjo qilishdan man etganlar.
Ulamolarimiz «Allohning ismi aytib so‘yilgan hayvonlarning suyaklari musulmon jinlarga, tezak esa ularning hayvonlariga taomdir», deyishgan.
Boshqa bir ulamolarimiz esa «Jinlarning va ular hayvonlarining taomi ila istinjo qilib bo‘lmasa, inslarning va hayvonlarning taomi bilan istinjo qilib bo‘lmasligi yana ham ravshan», deydilar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar