Zakot berish bo‘yicha

Assalomu alaykum! Bir odam meni oldimga yordamga muhtojman dep akamni aperatsiyasiga pul etmayapti yokida ko‘chada qoldik kvartira puli etmayapti dep so‘rasa va men kam bo‘lsa ham pulni ko‘ngildan chiqarp bersam va u odam u pulni olip yomon yo‘lga ishlatsa menga gunohi yoziladimi? Men unga to‘g‘ri yo‘lga pul bersam qiynalgani uchun pul bersamda u meni aldap yomonga ishlatsa gunoh ishiga sherik bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Surishtirmasdan berish kerak emas. Hozirda tilanchilikni kasb qilib olganlar ham ayni shunday gaplarni yodlab olishgan. Siz surishtirib yoki yaxshi gumon qilib bersangiz, u yolg‘on ishlatib olgan pulini haromga ishlatsa sizga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 134 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar