Hulu’
Assalomu alaykum! Qiz yosh va hali oilaga to‘liq tayyor bo‘lmagan holida uyidagilarining qistovi bilan oila qurdi. Avvalgi "Uy ishlarida qiynalsangiz, o‘zimiz yordam beramiz" degan yigitning oilasi biroz o‘tgach arzimagan narsalarga ham urush chiqara boshladi. Keyinchalik er-xotinning orasiga sovuqchilik tushdi. Nizolarning keti uzilmay qoldi. Er ayoli betob bo‘lganda ham uni ayamay qo‘ydi. Oxiri ayoli Qays ibn Sobitning ayoli nima uchun hulu’ qilgan bo‘lsa, shu maqsadda hulu’ qildi. Er bunga rozi bo‘lmadi. Bunday holatda hulu’ bo‘lgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Er xulu’ga rozi bo‘lmagan bo‘lsa taloq tushmagan, nikoh ham uzilmagan. Yozganlaringizga ko‘ra siz shoshqaloqlik qilayotgan ekansiz. Masalangizni oilani buzish bilan emas, er-xotinni qayta tarbiyalash bilan hal qilish kerak. Vallohu a’lam!
21 Iyul 2022, 14:22 | Savol-javoblar | 208 | Oila va turmush