Bu haq halolmi?

Assalomu alaykum! Onlayn ish platformalarida tarjima, audioni matnga o‘girish bilan shug‘ullanib turaman. Bir ish beruvchi bunday taklif jo‘natdi, unga ko‘ra men 100 kishilik jamoa yig‘aman, ularning kunlik ish jarayonini nazorat qilib boraman (hammaga alohida ish, audio beriladi, shu jumladan menga ham), keyin ish beruvchi har bir bajarilgan ish uchun menga ham 4$ qo‘shib beradi - menimcha jamoa yig‘ib ish jarayonini nazorat qilganim uchun. Shunday ish qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarjimangizga alohida tashkilotchiligingizga alohida haq to‘lashsa olishingiz joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:47 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar