Nazr qilingan er maydoni xukmi nima?

Assalomu alaykum! Men 4 nafar farzandim bilan ko‘p qavatli uylarda yashar edim, bundan 12 yil oldin yaxshi niyatda xovli quraman deb shaharning tashqarisidan 6 sotix er maydoni olib qo‘ygan edim. Shu yillar mobaynida imkoniyatim etmaganligidan bu joyga xovli qura olmadim. Alloh taolo o‘zining fazlidan berib kvartiramni sotib, ozroq qarz bo‘lib shahardan tayyor hovli joy olib ko‘chib o‘tdim. Shunda Allohga "agar shu uchastkam sotilmasdan qarzdan qutulsam, inshaalloh, sadaqai joriya bo‘lsin uchun shu erda tahoratxona va nomozxona quraman va vaqf fondiga beg‘araz topshiraman" deb nazr qilib qo‘ygan edim. Xozirgi kunda qarzimdan to‘liq qutula olganim yo‘q, endi shu erni sotuvga qo‘ysam gunohkor bo‘lib qolmaymanmi? agar sotilib ketsa kafforati berishim kerakmi? Uchastkam M-39 yo‘lining yonginasida bo‘lganligidan, yaqin 150 km da nomozxonlar uchun qulay nomozona yo‘qligidan sotgim ham kelmayapti, sotmay desam qarz yuki bor. Iltimos maslahat bersangiz va xaqqimga duo qilsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Agar shu uchastkam sotilmasdan qarzdan qutulsam, inshaalloh, sadaqai joriya bo‘lsin uchun shu erda tahoratxona va nomozxona quraman va vaqf fondiga beg‘araz topshiraman" deb nazr qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, qarzdan qutulish uchun sotsangiz, zimmangizda namozxona qilib topshirish vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:47 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar