Shunday ishlash halolmi?

Assalomu alaykum! Biz tishga qoplama yasaymiz. Bu qoplama oddiy maxsus metalldan yoki tilladan yasaladi. Ikkalasiniyam bir xil narxda yasaymiz, lekin tillani yasash qiyinroq. Uni eritib kerakli qalinlikka keltrish kerak, bu ham bir martada o‘xshamasligi mumkin. Xullas uni har eritganda qanchadir qismi kamayadi, yasash jarayonida ham juda oz qismi ,,havoga uchadi’’. Biz tishni yasab taroziga tortamiz va har bir tishga 0.1gramm ,,ugar’’ hisoblaymiz, havoga uchgani hisobiga! Xisob-kitobdan keyin uni yaltiratish uchun motorchaga rezinka qo‘yib ishqalanadi va unga ham tilla ozgina miqdorda kamayadi bu ham havoga uchadi, lekin biz tagiga idish qo‘yamiz havoga uchgandan ko‘ra idishga tushsin deb(lekin bu juda ham oz miqdorda va boshqa jinslar bilan aralashgan holda bo‘ladi), idishni har 2-3 yilda tozalatamiz va 20-25 gramm tilla chiqadi. Savolim shuki, o‘sha 0.1gramm ,,ugar’’ olishimiz halolmi, chunki 0.1 dan kamroq ketadi(agar ehtiyot bo‘lib mukammal ishlasak) lekin aniq hisoblab bo‘lmaydi, buni tushuntirsak egasi rozi bo‘lsa? Qutichada to‘planganichi? Yoki uni kambag‘g‘allarga tarqatish kerakmi? Tushuntira oldim degan umiddaman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar gramini kamaytirmasdan, uni o‘rniga narxini ozgina ko‘tarib aytinglar. Idishda yig‘ilganini egalaridan rozilik olib qo‘inglar. Hammani nomidan ehson qilib yuboringlar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar