Shukri vuzu namozi haqida

Assalomu alaykum! Taxoratni mukammal olib chiqgandan keyin shukri vuzu namozi o‘qilishi yaxshi amal xisoblanadi. Ushbu shukri vuzu namozini esdan chiqarib 5 maxal namozlarni birini o‘qishni boshlab yuborsa ushbu namozlardan keyin xam niyyat qilib shukru vuzu namozini o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi.عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: كَانَتْ عَلَيْنَا رِعَايَةُ الْإِبِلِ، فَجَاءَتْ نَوْبَتِي، فَرَوَّحْتُهَا بِعَشِيٍّ، فَأَدْرَكْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَائِمًا يُحَدِّثُ النَّاسَ، فَأَدْرَكْتُ مِنْ قَوْلِهِ: «مَا مِنْ مُسْلِمٍ يَتَوَضَّأُ فَيُحْسِنُ وُضُوءَهُ، ثُمَّ يَقُومُ فَيُصَلِّي رَكْعَتَيْنِ، مُقْبِلٌ عَلَيْهِمَا بِقَلْبِهِ وَوَجْهِهِ، إِلَّا وَجَبَتْ لَهُ الْجَنَّةُ Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bizning ishimiz tuya boqish edi. (Bir kuni) navbatim kelganda kechki payt ularni (o‘tlatib, so‘ng) qaytarib keldim. Qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turganlaricha odamlarga gapirayotgan ekanlar. Gaplaridan eshitganim shu bo‘ldiki, u zot: «Qay bir musulmon tahoratini yaxshilab qilib, so‘ngra turib, ikki rak’at namoz o‘qisa va namozga jonu dili bilan kirishsa, unga jannat vojib bo‘ladi», dedilar. («Sahihi Muslim» kitobidan).
Bu namozni tahoratdan keyinoq o‘qish mustahabdir. Namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlarda bo‘lmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 188 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar