Otam bilan kelisholmayabman
Assalomu alaykum! Men 25 yoshdaman ayolim 1 o‘g‘lim bor, ota onam bizni ko‘p hafa qilib ko‘nglimizni og‘ritadi, ota onamni yahshi ko‘raman lekin bugun urishib qoldim ayolim ochki taqadi kamsitadi, onam hamshira bugun ayolim betob bolib istmalab qoldi onam chaqirsam qaramadi uydagilar qarasin deb, keyin uyiga olib boraman otasini doktir tanishi bor tuzatib korsatip qaytamiz dedim shu bn otam qoshilib ota onani oyla hotindan foyda yoq deb baqirib ayolim kamsita boshlashdi, man asabim buzilib pashol devordim ken otam meni qargadi juda konglim ogridi ahir insonmizku shu iw un ham qargasa boladimi man har namozimda ularga sog‘lik tilab roziligini olishni Xudodan so‘riman. Iltimos ayting Ustozlar nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ota-onangaizga ehtiromda bo‘ling. Ayolingizga boshqalar zulm qilishiga imkon bermang. U sizning qo‘lingizdagi Allohning amonati. Ota-onaning farzandlar ustidagi haqlari juda ulug‘dir. Farzandlar harchand harakat qilsalar ham ularni o‘stirish davridagi mashaqqatlarini ado qila olmaydilar. Otangiz sizlarga qanchalik hunuk muomala qilsalar ham, bundan xafa bo‘lmang, ularning qadrini, hurmatini o‘z o‘rniga qo‘ying. Ular sizlardan ko‘ngil og‘ritadigan biror ish ko‘rmasinlar. Ota-onaning yaxshiyu yomon fe’liga sabr qilish ham ibodatdir. Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:
«Robbing faqat Uning O‘zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishnigni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka etsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so‘z ayt! Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni paslat va «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin», deb ayt». (Isro surasi 23-24-oyatlar).
Bu dunyo sinov-imtihon diyoridir. Har birimiz amalimiz qanday bo‘lishi sinaladi. Yaratgan egamiz bizlarga bir-biriga o‘xshamagan, o‘ziga xos sinovlar yuboradi. Bizning boshimizga tushgan sinov yonginamizdagi qo‘shnimizda bo‘lmasligi mumkin. Akaning boshiga tushgan musibat ukani chetlab o‘tishi mumkin. Sizlarga ham Alloh taolo shu tarzda sinov yuborib sinayotgan ekan. Chiroyli sabr va Allohning buyruqlariga og‘ishmay amal qilish, barchamiz uchun najotdir. Alloh taolo Qur’oni karimda aytadi:
Asr bilan qasam. Albatta, inson xusrondadir. Illo, iymon keltirganlar va solih amallar qilganlar, bir-birlarini haq yo‘lga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar (undoq emasdir). (Asr surasi 1-3 oyatlar). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush