Najosatda gumon

Assalomu alaykum! Qon tekkan deb gumon qilingan lekin qon izlari topilmagan kiyimda namoz o‘qilganda namozni qayta o‘qish kerak bo‘ladimi? Qon izi topilmagani sababi kiyim qora rangda edi. Bunday vaqtda nima qilgan durust?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Najosat tekkanini aniq bilmasangiz, uning asari ham ko‘rinmasa, faqatgina gumon qilayotgan bo‘lsangiz, u bilan o‘qilgan namozlarni qaytarmaysiz. Chunki asl holat kiyimning pokligidir, aniq ilm shak bilan zavol topmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar