Tahorat namozi

Assalomu alaykum! Agar tahorat olgandan keyin Hazrati Bilol roziyallohu anhu kabi ikki rakat namoz o‘qimoqchi bo‘lsam vaqti kirgan namozdan oldin u namozni o‘qisam mumkinmi, menga bir inson avval vaqti kirgan namoz o‘qiladi, keyin boshqa namozlar degan edi. Ko‘pincha tahoratni farz namozlari vaqti kirganidan keyin olamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqti kirgan bo‘lsa oldin farzni o‘qish kerak degan gap yo‘q. Umuman namoz o‘qish yoki nafl namoz o‘qish man qilingan vaqtlarda bo‘lmasa bo‘ldi. Misol uchun asrdan keyin tahorat olgan bo‘lsangiz, shomgacha nafl o‘qish durust bo‘lmagani uchun shomning vaqti kirgandan keyin o‘qiysiz. Ëki farz namozga iqomat aytib turilgan bo‘lsa ham, nafl o‘qimaysiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:05 | Savol-javoblar | 201 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar