Musofir namozini o‘qiymanmi?

Assalomu alaykum! Men bir haftalik smena bilan ishlayman. Bir hafta ishda bo‘laman, bir hafta uyda bo‘laman. Ishim uydan tahminan 350 km uzoqlikda joylashgan. Allohga shukur yotadigan erimiz, ovqatimiz hatto kiym-kechakimiz ham ishxonamiz tomonidan beriladi va bu o‘zgarmas holat bo‘lsa men ishda vaqtimda namozlarimni qasr qilib musofir namozi o‘qiymanmi yoki uyda o‘qiganimdek qilib o‘qiyveramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishxona va yo‘lda qasr qilib o‘qiysiz. Shak-shubha yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar