Mahfiy qiroat haqida

Assalomu alaykum! Mahfiy qiroatning eng pasti o‘zi eshtadigan darajada qiroat qilinishi bo‘lsa, balandini chegarasi qacha? Bilishimcha agarda qiroat yonidagi odam eshtadigan daraja bo‘lib qolsa u jaxriy bo‘lib qoladi. Unda o‘zi eshtadigan darajada qilsayu yonidagi odam eshtib qolsa zarari yo‘qmi? Demak mahfiy qiroatni aniqroq qilib qiroat qilish uchun pichirlashdan sal balandroq qilsa bo‘laverdimi. Bilishimcha jaxriy qiroatlarda ovoz paylari tebranib tovush chiqadi, maxfiyda esa og‘iz bo‘shlig‘ini o‘zida pichirlash orqali qilinadi, maxfiy qiroatni pichirlashni eng balantidan pasrog‘ini chegara qilsa bo‘ladimi, yoki o‘rtacha darajada pichirlab qilinsa jaxriy bo‘lib qolaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jahriy qiroatning eng ozi o‘zidan boshqasi eshitishidir. Maxfiy qiroatning eng pasti o‘zi eshitishidir. Imomning orqasida turgan bir-ikki kishi qiroatni eshitishining zarari yo‘q. Birinchi safdagi barcha eshitsa, imom jahriy qiroat qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:05 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar