Tarosha (yog‘och atxodi)
Assalomu alaykum! Tom yopishda ishlatiladigan strapildan faqat yondirishga yaraydigan atxod chiqadi. O‘sha atxodlar kimniki? Uy egasinikimi? Yoki ustoniki? 2008-yilda bir usto ham tarosha ustoniki deb aytgan edi. U paytda tushuncham yo‘q edi. Pardozchi usto ham bir rivoyat aytib berdi. Sahihmi yo‘qmi bilmadim: "Bir usto ish hakini olib uyiga ketayotganidan oldidan Xo‘jai Hizir o‘tib kolibdi (Hizir alayhissalomning tirik emasligi haqidagi isbotni saytingizda o‘qidim) va ustodan nima olib ketayayotganini so‘raganida usto "tarosha" deb javob beribdi. Shundan beri ustoni topgani tarosha ekan" degan edi. Bugun ham bir usto taroshalar ustoniki deb qoldi. Man kelishuvga bog‘liq desam, kelishuvda bo‘lsa-bo‘lmasa shariatda shunday dedi. Shariatda bilimim yo‘qligi uchun savol yo‘llayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yog‘och kimning moliga olingan? Odatda uy egasi olib beradi shuning uchun taroshasi ham o‘zi ham uy egasining mulki unda ustaning haqqi yo‘q. Ish haqqiga tarosha olishga kelishgan bo‘lsa bu boshqa masala. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:05 | Savol-javoblar | 133 | Halol va harom