Oq bo‘lgan inson

Assalomu alaykum! Tasavvur qilaylik. Bir insonni otasi tirik onasi vafot etgan yoki onasi tirik otasi vafot etgan. Amakisiyam, ammasiyam, xolasiyam, tog‘asiyam yuk. U inson otasi yoki onasini kadriga etmadi. Noto‘g‘ri yulga kirib ketdi: ichkilik, faxsh, zino, ug‘irlik.... Otasi yoki onasi bolasini oq qildi. U inson parvo xam qilmadi. Bir kuni otasi yoki onasi uldi. Endi usha oq bulgan farzandning taqdiri nima buladi? Bu xol ertak aytib beraetganimga uxshashi mumkin. Lekin bunday xolatlar afsuski kam emas. Endi oq bulgan inson tavba kilib, to‘g‘ri yo‘ldan yursa, Alloh u insonni oq bulganiga qaramay kechiradimi. Albatta Alloh o‘ta kechirimli va mag‘firatli Zod. Ammo bir Xadisda oq bulgan insonni ikki dunyosi kuyadi degan ma’noni ukib koldim. Oq bulgan insonni shariatda xukmi qanday? Nusux tavba kilib to‘g‘ri yo‘ldan yursa Alloh kechiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘tib ketgan ota-onasi nomidan ko‘p sadaqalar qiladi, ularning qarindosh urug‘lari bilan aloqalarni tiklab silai rahm qiladi. Namozlarida haqqlariga ko‘p duolar qiladi. Shunda oqq kechiriladi deb umid qilinadi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 145 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar