Eri bor ayol boshqaga nikohlansa
Assalomu alaykum! Man oilali ayolman ollohga shukur 3 nafar farzandm bor. Ozim ishlab bollarimning xojatlarani ozim qondiraman. Ollohga shukur turmush ortogim bor. Faqat bitta kamsiligim. Turmush ortogim bn 9 yildan buyon yashiman. Osha paytdan buyon erim bn bir toshakda yotmiman. Turmush ortogim xar safar ozlarini xirslarini qondirish ungina kiradila xar doim. Mana endi 1 yildan buyon umuman mani ayol sifatida kormiy qoydila. Bulani etshgayam xijolatman. Lekn soramasam bomidi. Man bitta insonga nigohlansam boladimi. Turmushimdan ajrashmi turib. Yoki bu noto‘g‘rimi. Qandey jovob bersezam roziman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishi bir vaqtda bittadan ko‘p odamni nikohida bo‘lishi shar’an imkonsizdir. Eri bor ayol taloq olmay turib boshqaga nikohlana olmaydi. O‘zicha nikoh o‘qitsa nikohi bog‘lanmaydi, yashasa hayoti zino bo‘ladi. Agar eringiz bilan yashamaydigan bo‘lsangiz taloq olishingiz va iddangizni to‘liq o‘tirib, so‘ngra boshqasiga nikohlanishingiz mumkin. Ammo shuni bilingki, shar’iy uzrsiz taloq so‘rash haromdir. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:13 | Savol-javoblar | 136 | Oila va turmush