Logistikada shug‘ullanish
Assalomu alaykum! Men sherigim bilan Logistika yuk tashish xizmati bilan shug‘ullanaman. Sherigim sarmoya kiritgan men ish boshqaraman. Foyda teng taqsimlanadi. Bizni oborotimizda 150.000.000 so‘m atrofida mablag‘ bor. Lekin u pullarni biz xali mijozdan olganimiz yo‘q. Shundan 70.000.000lar atrofida sarmoya puli. Qolgani bizning sof foyda. U pullur bizda turganiga 1 yil bo‘lmadi. Aylanma (oborot) kattalashib borayotgani uchun pul echmaymiz. Topgan foydamizni xam qaytadan sarmoyaga kiritamiz. Savolim shuki. Shu aylanmadagi (oborotimizdagi) qiymati aniq pullardan zakot berishimiz kerakmi? Qo‘limizga ushamagan lekin qachondir biz olishimiz kerak bo‘lgan pullardan zakot beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har biringizning mulkingiz nisobdan ortiq bo‘lsa, o‘zinikiga berishi shart. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 00:46 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat