Birovning haqqi emasmi?

Assalomu alaykum! Agar biror bir ustozdan biror nima o‘rgansak va shuni o‘rganish narxi oldindan kelishilmasa, ustoz aytgan narx menga to‘g‘ri kelmasa yoki men aytgan narx ustozga to‘g‘ri kelmasa, shunda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Menda shunaqa vaziyat bo‘lyaptiki, ustoz bilan gaplashganimda yakkama yakka bo‘ladigan ya’ni (offline ustozni uyiga borib organgan holatda) darsni narxini 1 donasi uchun aytgan edi, lekin u ustozga yakkama yakka o‘tishga ruxsat berishmaganlari sababli darsni online (telegram orqali) o‘tishga kelishdik. Men narxini kelishmoqchi bo‘lganimda u ustoz natija bo‘lsin keyin dedida narxni kelishmadi, oradan 13 kun o‘tgach narxini aytdi lekin menga bu narx to‘g‘ri kelmadi. Hozir ustozni men bilan kelishgisi kelmayapti, men ham u aytayotgan narxga rozi emasman. (Sababi telegram orqali o‘tilganda faqat mavzu berdi va shu mavzuni men bajardim, yakka tartibda o‘tilganidan farq qilgani uchun narx qimmatlik qildi). Shunday vaziyatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi ustozlar? Agar men ustoz so‘rayotgan pulini bermasam birovning haqqi menda qolib ketgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshida kelishmagani uchun ajri misl (shunday darsni bugungi kundagi o‘rtacha narxi) berasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:27 | Savol-javoblar | 133 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar