Vaqtida pulni to‘lanmasa bay buziladimi?

Assalomu alaykum! Sotuvchi nasiyaga sotgan molning pulidan ozginasini (zakolat) olib, qolgan ko‘p qismini, malum muddatga nasiyaga sotgan bo‘lsa, va oluvchi qolgan pulni muddatidan kech yoki ancha kech berayotgani sababli, (balki mavsumiy mol bo‘lgani uchun, balki inflyatsiya sababli) sotuvchi zarar qilayotgan bo‘lsa, oluvchiga : "Qolgan pulimni vaqtida bermaganing uchun zarar qilaman. Endi qolgan pulim kerak emas. Manna bu bergan ozgina (zakolat) pulingni to‘liq qaytarib olginda, molimni o‘zimga qaytar deyishga haqlimi yoki haridorning aybi bilan zarar qilib ketaverishi kerakmi? Javob uchun oldindan Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sotuvchi bir molni 10 so‘mga oldi. So‘ng 2so‘mini naqd 8 so‘mini nasya qilib bir kishiga sotdi. Vaqtlar o‘tib oluvchi 8 so‘mni berolmasa sotuchi molini qaytarib olsa, qaytarib olganda molning narxi 10 so‘mligicha turgan bo‘lsa etkazgan ayblarini pulini chiqarib qolganini qaytarib beradi. Agar 10 so‘mlik moli 9 so‘mga tushib qolgan bo‘lsa bergan zaklatidan 1 so‘mini olib qolib 1 so‘mini qaytarib beradi. Agar narxi 10 so‘mdan tushmagan bo‘lsa zaklatini hammasini qaytarib beradi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 04:08 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar