Bu zulm emasmi?
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im safardalar, kelib ketganlariga 3 yil bo‘ldi. Aslida 5 yildan janubiy koreadalar. Allohga shukur ancha o‘zimizni tiklab oldik, mol dunyoga xech kim to‘ymaydi, shuning uchun men keling bo‘ldi o‘zimiz uchun xam yashaylik desam sabr qil deyaveryaptilar, ammo men juda ko‘p kasal bo‘lyapman. Yaqinda yuragimni bitta klapinini ochtirdim menga doktorlar xam eringizzi chaqiring kelsin dedi ammo ular pul jamg‘arib olay deb kelmayaptilar, mani u erga borishimning xech ilojisi bo‘lmadi. Xullas kelmaganlari to‘g‘rimi? Bunga shariatimizda xukm qanday? Xatto bir dugonam shu xolatingda zino qilsang gunoxi eringa bo‘larkan dedi. Men unday ayol emasman ammo shifokorlar xam sizga garmon kerak eringiz zudlik bilan kelsin deyishyapti ammo ular sabr deyishdan charchamayaptilar. Aytingchi men qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo eringiz oldingizga kelsin, yoki siz mahramingiz bilan uning oldiga boring. Lekin aslo zinoga yaqinlashmang. Dugonangizning “shu xolatingda zino kilsang gunoxi eringa bularkan” degan gapi noto‘g‘ri. Zino har doim harom, hech qachon halol bo‘lmagan, uning gunohi o‘zining bo‘ynida qoladi. Halol deb qilsa iymondan ajraydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush