Talant xaqida

Assalomu alaykum! Men biznes trenerlardi ko‘p eshitaman. Xamalari, xar bitta odamni xudo bergan talanti bo‘larkan, yani kuchli tamoni. Agar odam o‘zini talantini topsa katta narsalarga erishishi mumkin ekan. Kegin o‘zini ishida xunarida qiziqib yoqtirib ishlarkan. Islomda shu aytilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Oli Imron" surasida marhamat qiladi:إِن يَنصُرْكُمُ اللّهُ فَلاَ غَالِبَ لَكُمْ وَإِن يَخْذُلْكُمْ فَمَن ذَا الَّذِي يَنصُرُكُم مِّن بَعْدِهِ وَعَلَى اللّهِ فَلْيَتَوَكِّلِ الْمُؤْمِنُونَ۝  160. Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan g‘olib keluvchi yo‘q. Agar sizni yordamsiz tashlab qo‘ysa, Undan o‘zga kim ham sizga yordam berar edi?! Mo‘minlar Allohgagina tavakkul qilsinlar.
Islomiy tasavvur bo‘yicha, hamma narsa Allohning irodasi va belgilagan taqdiri bilan bo‘ladi. Bu taqdir esa er yuzida insonning faoliyati orqali yuzaga chiqadi. Alloh taolo har bir ishni o‘z sababi bilan yaratgan. Sabab vujudga kelsa, natijaga erishiladi. Bu hol hadeb takrorlanaverganidan, odamlar natijaga erishish uchun asosiy omil uning sababini vujudga keltirish, deb o‘ylaydigan bo‘lib qolganlar. Lekin o‘zlarining ham, sabablarning ham xoliqi Alloh taolo ekanini esdan chiqarib qo‘yganlar. Aslida esa hamma narsa Allohning irodasi va xohishi bilan bo‘ladi. Ushbu oyatda bu haqiqat urush, jang misolida bayon qilinmoqda:
«Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan g‘olib keluvchi yo‘q».
Urushda g‘alaba qozonishning asosiy omili Allohning nusratidir. Urushda g‘olib chiqish uchun zarur choralarni ko‘rgan taraf «Biz chorani ko‘rib qo‘ydik, albatta g‘olib bo‘lamiz» degan g‘ururga ketib qolmasligi kerak. «Bizdan talab qilingan choralarni ko‘rib qo‘ydik, endi Allohga tavakkul qilib urushamiz va Alloh nusrat bersa, g‘olib kelamiz» degan e’tiqodda bo‘lishi kerak.
«Agar sizni yordamsiz tashlab qo‘ysa, Undan o‘zga kim ham sizga yordam berar edi?!»
Bunday bo‘lishidan Alloh O‘zi saqlasin.
«Mo‘minlar Allohgagina tavakkul qilsinlar».
Ana o‘shandagina ular Allohdan o‘zga birovdan biron narsa umid qilish dardidan xalos bo‘ladilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar