Men sevgan inson!
Assalomu alaykum! Men hozirda institutda koreys tili filologiyasida o‘qiyman. Ma’lumingizki, bu til g‘ayri dinlar tili, darslar mobaynida bizga bu xalqning tili, madaniyat va yana boshqa jixatlari o‘rgatiladi. Alhamdulillah, bizning dinimizga, e’tiqodimizga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni ajrata olaman. Yaqinda imtihon topshiradigan vaqtlarimiz kelmoqda! Bizga, " Men sevgan inson" mavzusida insho yozish topshirildi, o‘sha payt bu vazifa berilganda hayolimga kelgan inson Muhammad Mustafo sollalohu alayhi vassalam bo‘ldilar. Albatta, inshoni koreys tilida yozaman, shu inshoda Payg‘ambarimiz alayhissalom haqlarida yozsam bo‘ladimi? O‘zi umuman koreys tilini yoki boshqa g‘ayri dinlar tilini o‘rganishim joizmi va shu haqida xadislar bormi? Hamda shu ilmni o‘rganishimda xadisda kelganidek " ..ilm talaba qilish har bir mo‘min musulmonga farz.." shu xadisga amal qilgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Makhul Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ilm talab qilish har bir muslim va muslimaga farz», deganlar. Bu hadisdan murod din ishlarida muxtoj bo‘lgan ilmlar nazarda tutilgan.
Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahimahulloh) aytadilar: «Bilgilki, har bir muslim va muslimaga din ishlarida muhtoj bo‘ladigan tahorat, namoz va shariatning boshqa hukmlari hamda hayotiy ishlarida zarur bo‘lgan narsalarni biladigan miqdorda ilm o‘rganish farzdir. Bundan oshiqchasi farzi ayn (har bir kishi o‘rganishi shart) emas, balki fazilatdir, uni tark qilsa ham, ziyoni yo‘q. xullas, kishi o‘z muhtoj bo‘ladigan narsalarning ilmini tahsil qilishi farz.
"Jome’ at-Termiziy"da kelishicha, Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga suryoniy tilini o‘rganishni buyurdilar. Bir rivoyatda: "Menga yahudiylar kitobini o‘rganishimni buyurdilar", deyilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Men yahudiylarning kotiblik qilishlariga ishonmayapman", dedilar. Shundan so‘ng men yarim oy ichida ularning tilini o‘rganib oldim. Yahudiylarga maktub yo‘llanadigan bo‘lsa, men yozardim. Ulardan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maktub kelsa, ularning maktubini men o‘qib berardim". Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 180 | Ta’lim va muta’allim