Ikkilanib qoldik

Assalomu alaykum! Nikohimizga 11 yil bo‘ldi orada 4 farzand bor. 2 marta xo‘jayinim javobimni berganlar oxirgisida butunley ajrashib 2 yil deganda qayta nikoxlandik. Xayotimiz Alxamdulillax yangi kelin kuyovlaridek o‘tdi bir birimizni juda qattiq yaxshi ko‘ramiz Lekin yana xayotimizga sinovlar kirib keldi. Bu safar juda shiddatlik. O‘rtada juda kotta nizolar chiqdi sabir qildik oz vaxt bo‘lsa xam, lekin orada juda kotta janjal bo‘ldi. Dunyo ko‘zimga ko‘rinmadi. Bolalarim xam xattoki. Yurib ketyotgan mashinadan o‘zimni otdim farzandim bilan erim jaxillari juda tez jizzaki odam. Erim qizlik xovlimga borib kotta janjal ko‘tardilar U orada manam etib bordim. Shu darajada kottalashdi. Man doddi solib yig‘lardim yordam so‘rab. Dadam bu xolatga chidalmey erimni juda qattiq xunik xaqorat qilib uydan olib chiqib tashlashga majbur bo‘ldilar Orada erim javobing o‘zing bilan deb yubordilar. 10 daqiqa o‘tib erim xoxlamagandim nimalar bo‘lib ketdi dib dod solib yig‘lab telifon qildilar. Xushimni yo‘qatdim bilmey qoldim dib xozirgacha qattiq afsuslanib yuribdilar. Endi ikkimiz xam vijdon azobida kundan kun ado bo‘lyabmiz. Endi manga 3 taloq tushgan bo‘ladimi? Taloq xaqida barcha maqolalrdi o‘qib chiqdim sayitda, lekin ojizlik qilyabmiz. G‘azabda unday niyatim yo‘q edi og‘zimdan qana chiqganiga aqlim etmayabdi dib tamom bo‘lyabdilar. Kundan kunga oldingi taloqlarda ikkimiz xam rozi bo‘lib ajiraganmiz jaxil ustida aytmagan edilar u taloqlarda xam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar holat xuddi aytganingizdek bo‘lsa oralaringizga uch taloq tushib bo‘lgan. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon huzurida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi taloq ilmini puxta biladigan biror haqiqiy ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:46 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar