Boshqa respublikalarda so‘yilgan mol go‘shti
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, faoliyatingizni Alloh bardavom etsin. Sizlarga bir tanish akaxonning savollarini bermoqchiman. Xozirgi kunda o‘sha akam nogiron nafaqaxo‘rlar, pensiya kamligi uchun bozordan ro‘zg‘or qilganlarida arzon maxsulotlarni olishga xarakat qiladilar. Shu kunlarda bozor mol go‘shti qimmatlashib ketganligi sababli davlat raxbarlari tomonidan boshqa Respublikalardan jumladan Rossiya va Belorussiyadan mol go‘shti olib kelib, arzon narxlarda sotilmoqda. Shu go‘shtdan bir ikki safar sotib olib ishlatibdilar. Keyin yuqoridagi davlatlar «Bismillah»ni aytmasdan so‘yilishi mumkinligi eslariga tushib qolibdi. Shu go‘shtdan iste’mol qilsalar bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Jonliqlarni so‘yishda “Bismillah”ni aytilgani aniq bo‘lsagina durust bo‘ladi. Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ 121. Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom