Nasixat surab
Assalomu alaykum! Yuragimda yonayotgan gayurlik olovi bilan azoblangan xolda sizlarga murojaat yullamokdaman. Kiz farzandimning ortidan bir bola yurgan emish, bugun eshitib koldim... kizim yuilan xali gaplashganim yuk, xar turli shiddatli fikrlar kelyabdi xayolimga. Nima kilarimniyam bilmayabman. Onasiga "u bolaga bir marta gapiruvdim, keyin uyga kelib kilgan ishimdan pushymon buldim, siz bilan dadam kuz oldimga keldilaring yuzlaringni erga karatishimni uylab kurkib ketdim, keyin u bolaga men bilan gaplashmasligini orkamdan yurmasligini aytdim, lekin u meni barib orkamdan yuribdi, oshnalari esa uni otini aytib meni kalaka kilishyabdi, maktabga borgimam kelmyabdi shuning uchun, maktabga yubormanglar meni." debdi. Utkan kuni togasining xotinini oldiga borib kizimni yaxshi kurishini aytibdi usha tarbiyasiz. Tagin sovgalar berganini, parklarga sayrga birga chikkanini aytibdi. Kizim esa buni tuxmat deyabdi yiglab, bu gaplarning bari tuxmat deyabdi. Kizim xijobda yuradi, namozlarini besh maxal ukiydi alxamdulillax. Balogatga etyabdi. Aklim, tokatim etganicha farzandlarimga xalol nafaka etkazishga, Alloxni tanitishga, tarbiya berishga xarakat kilib kelyabman. Xozir kattik shokdaman, garang bulib koldim bunaka zarbalardan, kizim bilan xali gaplashganim yuk. Ey jamiyatimizning chiroglari, iltimos Allox xakki menga nasixat kiling nima yul tutay, boshim kotib kolgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh tavfiq bersin. Siz tushkunlikka tushmang. Endi qizingizga chiroyli muomala bilan tarbiya bering. Buzuq muhitlardan himoya qiling. Nomahramlar bilan gaplashish gunohligini onasi tushuntirsin. Ilm o‘qishiga sharoit qilib bering. Qo‘pollik bilan dindan sovutib qo‘ymang. Vaqtini bo‘sh qoldirmaslikka harakat qiling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 16:08 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar