Injil nega asl holida saqlanishiga yo‘l qo‘ymagan
Assalomu alaykum! Alloh taolo hamma narsani oziga xos ilmi bilan oldindan bilgan. Xristianlarni kitobi ozgarib ketishini ham oldindan bilgan. Hozirgi zamonga kelib xristianlar kopchilikni tashkil etadi va ular o‘zlarini haq yo‘lda deb bilishadi. Shuncha odam adashib yuribdi. Nima uchun Alloh hammaga haq yo‘l aniq bolishi uchun Injilni huddi Quroni Karim kabi asl holida saqlab qolmadi? Nima uchun odamlar uni ozgartirishiga yo‘l qoyib bergan? Agar Injil ham oz holida qolganida va undan keyin kelgan Quroni Karim uni tasdiqlaganda xristianlar ham to‘g‘ri yo‘lda bolishar va musulmonlar bilan o‘rtada ikki xillik yuzaga kelmagan bolarmidi? Har doim qiziqtirib kelgan ushbu savolga sizdan mantiqiy javob kutib qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh mulkida istaganicha tasarruf qiladi, nega unday qildi nega bunday qilmadi deyish bandaning haddi emas. Bandalarga ko‘ringan sababi Injil va Tavrot nozil qilingan odamlarning nobopligi sabab u kitoblar o‘zgardi va yo‘q bo‘lib o‘rninga to‘qima narsalar kelgan. Qur’on nozil qilinganlar esa bu kitobni boshidan oxirigacha harfu-harakat, hatto cho‘zishlarigacha avloddan avlod og‘izdan og‘izga ijoza orqali ilmiy omonat bilan olib uni saqlab o‘tkazib kelmoqdalar. Siz musulmon bo‘laturib shunday fikrda bo‘lsangiz ko‘p kitob o‘qishingiz kerak ekan. "Tafsiri Hilol" va “Hadis va Hayot” kitoblarini olib boshidan o‘qib chiqing. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar