Namozni haqoratlash

Assalomu alaykum! Dadam ichib kelib bizlardan biroz xafa bo‘ldi. Keyin jahl ustida namozlaringa ham, namoz o‘rgatgan odamingga ham padariga lanat deb yubordi. Buning hukmi qanday, dadam katta gunoh qildimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatning shiorlaridan birini so‘kish iymonga putur etkazadigan ish hisoblanadi. Otangiz tezda tavba qilishlari kerak. Bunday keyin u kishini bunday holatga tushishidan ehtiyot bo‘linglar. Mutaxassis shifokorlarga murojaat qilib ishchishni tashlatishga harakat qilinglar, haqlariga duo qilinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:19 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar