Allohimga yaqinlashish

Assalomu alaykum! Men Allohdan uzoqlashganimni xis qilyapman, ilm olishimga baraka yo‘qdek, namozlarda xam xayolarim parishon. O‘zim Tibbiyot Oligoxida 1-kurs talabaman(Rossiya)da. Men gunoxlarimdan tavba qilaman yana gunox qilib qo‘yaman. Asosiy gunoxim Universitetda fanlardan test yoki nazorat ishlari ba’zi fanlar (onlayn) bo‘ladi o‘shanda yonimdagi katta kurs talabalaridan yordam so‘riman yoki (internitdan) ustozim bilmaydilar. Lekin Alloh ko‘rib turibti bilaman. Buni o‘zim xoxlamayman liken rus tilini yaxshi bilmaganim uchun shunday qilyapman. Men baxolarimni olmasam meni Universitetdan xaydashadi(otajonim-onajonim) qiynaladilar yana. Men ilmli odamlarga ili olishga juda qiziqaman faqat xozircha rus tilida biroz qiynalyotganim sabab shunday bo‘lyapti. Bu xolatimga qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning bu qilayotgan ishingiz yolg‘on va ko‘zbo‘yamachilikdir. Tibbiyot sohasidagi talaba bo‘la turib shu ishni qilayotganingiz buning gunohini yanada oshiradi. Siz darhol ilm olishga vosita bo‘luvchi o‘sha tilni puxta o‘rganib olishga kirishing, sustkashlikka yo‘l qo‘ymang. Toki sizdan talab qilingan barcha ilmlarni puxta o‘zlashtiring. Agar shu ketishda davom etsangiz o‘zingizga ham insonlarga ham faqat va faqat zarar keltirasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:19 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar