Kredit ijara

Assalomu alaykum! Savdo uchun joyim bor. Ijaraga olmoqchi bo‘lgan odam kredit olib ish boshlamoqchi. Qurilish mollari sotiladi. Ijaraga berishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bilan shartnoma tuzishidan oldin kreditini olib bo‘lgan bo‘lsa ijaraga berishingiz mumkin. Ammo siz bilan shartnoma tuzish uchun yoki shartnoma tuzib bo‘lib siz tufayli borib olsa bu ishni qilmang. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar