Qandli diabet ro‘zasi
Assalomu alaykum! Menda qandli diabet tashxisi qo‘yildi. Ramazon oyida ro‘za tutsam agar axvolim yomonlashib ro‘zamni ochsam kafforat tutamanmi yoki fidya beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ramazon oyida ro‘za tutib ko‘ring, agar qodir bo‘lsangiz oxirigacha tutishingiz farz. Agar zaiflashib, sog‘lig‘ingizga zarar etishi mumkin bo‘lgan holat paydo bo‘lsa ochib yuborasiz. Bunday holatda kafforot vojib bo‘lmaydi, faqat qazo tutib beriladi. Har kuni tutishga qodir bo‘lmasangiz oralatib, ya’ni bir kun tutib bir kun tutmasdan bo‘lsa ham ramazon oyi ro‘zasini tuting. Orada qoldirgan kunlaringizni qazosini ramazondan keyin yoki qishning qisqa kunlarida bo‘lsa ham tutib beraverasiz. Agar yilning birorta kunida ham ro‘za tutishga qodir bo‘lmaydigan darajaga tushib qolgan bo‘lsangiz va keyinchalik ro‘za tutishga qodir bo‘lishingiz umid qilinmasa, ramazon ro‘zasi uchun fidya bersangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 145 | Ro‘za