Muzorabamizni hukmi
Assalamu alaykum! Men tanishim bilan birgalikda 2014-yili sigir olib, sutini sotish tijoratini foydasiga xam zarariga xam teng sherik bo‘lish sharti bilan boshlagan edik. Men 25 mln so‘m miqdorida pul tikkanman, sherigim esa joy, boqish, olib sotish bilan shug‘ullangan. Alxamdulillah xar oy foyda ko‘rib turdik. Pul kerak bo‘lib bu tijoratni sigirlarimizni sotish bilan tugatmoqchimiz. Ammo 25 mln so‘mlik sigirlarimiz narxi inflyatsiyaning xisobiga bugunga kelib 50 mln so‘m bo‘lib qolgan. Tijorat boshlagan paytimizda dollarning kursi taxminan 5000 so‘m, bugungi kunga kelib esa taxminan 10000 so‘mni tashkil etmoqda. Lekin biz dollarning kursiga bog‘lab qo‘ymagan edik. Shar’iy to‘g‘ri bo‘lishligi uchun 50 mln so‘mni qanday taqsimlaymiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval 25 mln dastmoyani chiqarib olasiz. Qolganini bo‘lishib olasizlar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval 25 mln dastmoyani chiqarib olasiz. Qolganini bo‘lishib olasizlar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat