Sajdai Saxv

Hazrat yaqinda saytga kelib tushgan "Sahv sajdasi qilganda tashahhuddan keyin faqat o‘ng tarafga salom berib, 2ta sajda qilish va qaytadan tashahhud, salovat, duo, 2 tarafga salom bilan namozdan chiqilishini bilib oldim. Savolim shuki, 2 marta sajdaga borish va qaytishda “Allohu Akbar”, “Subhana Robbiyal A’la” aytiladimi? " savolda fakat bir tomonga, ya’ni ung tomonga salom berib sajdai saxv kilinishi to‘g‘risida savol berilganini kurib, uzim xatoga yuz kuyyapmanmi degan xayol utayapti, sababi ibodati Islomiya kitobini ukiganimda u erda agar jamoat bo‘lib namoz ukilsa fakat ung tomonga salom berilib keyin sajdai saxv qilinadi deyilgan, agar kishi nomozni yo‘giz ukisa unda ikkala tomonga salom berib keyin sajdai saxv kilinishi keltirilgan. Mazkur masala buyicha keyin Saxixi buxoriy kitobining "Sajdai Saxv" bo‘limida u erda sajdai saxv buyicha fakat ikki tomonga salom bergandan sung sajdai saxv kilinishi keltirilgan, shu munosabat bilan, kishi yo‘giz nomoz ukiganda ikkala tomonga salom berib sajdai saxv qilishi kerakmi yoki ung tomonga salom berish bilan kifoyalanadimi, yoki ikkala tomonga salom berib keyin sajdai saxv qilish boshqa mazhabga tegishlimi shuni aniklashtirib bersangiz meni shubxadan yirok qilgan bular edingiz. Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yolg‘iz o‘qiganda bir tomonga salom berish kifoya qiladi.

27 Aprel 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar