Benamoz qilmaydimi?
Assalomu alaykum! Namoz o‘qiyotganimda yoki sajdada Allohdan gunohlarimni avfini so‘raganimda ko‘z yosh to‘kaman. Tabiiyki burundan suv keladi, shu suv joynamozimga tegadi. Burundan keladigan rangsiz suvga (sariqlik emas) joynamozni najosat qiladimi? Oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Burundan tushgan va oshqozondan chiqqan balg‘am nopok bo‘lmay, namozga hech qanday ta’siri yo‘q. Shuningdek dastro‘mol bilan artib olsa ham namozga zarari yo‘q. Xususan ko‘z yoshi mutlaqo tohir(pok) hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:11 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar