Qarz hisoblanadimi

Assalomu alaykum! Biz oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanamiz. Kichkinagina do‘konimiz bor. Do‘konni otam savdo qilar edilar. Hozir esa biz yani aka-ukalarim bilan yuritmoqdamiz. Do‘konimizga kelgan aksar haridorlar otamni tanishi yoki do‘stilari tashrif buyurishkanda otanga salom aytib qo‘y diyishadi. Salomlarini ma’lum sabablarga ko‘ra ba’zilarinikini etkaza olmaganman. Shu menga qarz bo‘lib qolmaydimi ular oldida?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Salom aytib qo‘y deganda sizga etkazish omonat bo‘ladi. Imkon bo‘lsa unutmasdan hamma salomlarni etkazib turing. Agar unutishdan qo‘rqsangiz kim salom aytsa o‘sha zahoti otangizga telefon qilib falonchi salom aytdi deb qo‘yishingiz ham mumkin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar