Avliyolar uyqusi
Assalomu alaykum! Shayx hazratlarining Mo‘minning me’roji kitoblarida "Shayxlardan biri shunday naql qiladi: «Havas qilib Shayx Uvays Qaraniyni ko‘rgani bordim. Zuho namozini o‘qir edi. Namozdan forig‘ bo‘lgach, tasbeh bilan mashg‘ul bo‘ldi. Tamom bo‘lishi bilan salom berar, deb tursam, hech bir tomonga qaramasdan peshin namozini boshlab yubordi. Shunday qilib, uch kun kutdim. Uzluksiz namozdan forig‘ bo‘lmadi. Hech narsa emadi, ichmadi, uxlamadi ham. To‘rtinchi kechada munojot qilayotganini eshitdim. U Haq taologa shunday deb yolborar edi: «Iloho, ko‘p uxlar ko‘zdan va ko‘p eyar qorindan O‘zingdan panohingni tilayman!» Bu so‘zlarni eshitgach, «Ana shu o‘git menga etarli», dedim. " deb yozilgan. Albatta meni bu rivoyatga ishonaman lekin Tafsiru hilol kitobida Naba surasi 9-oyat tafsirida odam uyqusiz yashay ololmasligi haqida gap ketkan va bu hozirgi olimlarning fikri albatta. Savolim inson avliyo darajasiga etsa unga 1-2 soatlik uyqu etadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh baraka bergan bo‘lsa o‘sha uyqu kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh baraka bergan bo‘lsa o‘sha uyqu kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar