Hozir qaytmasang

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan tortishganimizda juda ham jahl ustida hozir qaytmasang 3 taloqsan deb qo‘ygan. Men 1 soatlarda uyga qaytganman. Uyga qaytishimga yo‘limda 1 soat ketgan. Bizga taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringiz “hozir” deganda nimani nazarda tutganiga qaraladi. “Hoziroq yo‘lga tushib, qaytmasang” deb niyat qilgan bo‘lsa taloq tushmagan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:41 | Savol-javoblar | 146 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar