Viza va’da qilib pul olish joizmi?!

Assalomu alaykum! Ma’lumki, amaldagi yo‘l harakati qoidalariga muvofiq transport vositasi bilan qizil chiroqda o‘tish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanib, ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs nafaqat ma’muriy javobgarlikka tortilishi, balki shariat bo‘yicha “Birovni haqqini eyish” bilan barobar hisoblanishi haqida ijmo qilingan. Agar, bir shaxs amaldagi qonunchilik normalarida belgilangan tegishli ruxsatnoma (litsenziya) va vakolatlarga ega bo‘lmagani holda ikkinchi shaxsga “Seni chet elga ketishing uchun hujjatlaringni to‘g‘irlab, viza olib beraman, xizmat haqi “shuncha” bo‘ladi”,- deb (hozirda shuni kasb qilib olganlar ko‘paymoqda) undan kelishilgan summani olganidan so‘ng, mazkur ikkinchi shaxs belgilangan muddatda chet elga chiqish vizasini olib, chetga elga ketgan taqdirida ham birinchi shaxsning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyati alomatlari bilan baholanadi, ya’ni birinchi shaxs tomonidan jinoyat sodir qilingan deb e’tirof etiladi. Bundan tashqari, ikkinchi shaxs hech qanday ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan faoliyat yuritishi, belgilangan soliqlarni ham to‘lamasligini ham keltirib chiqaradi. Ammo, bir kishi yuqoridagi holatda birinchi shaxs ikkinchi shaxsga bergan va’dasini ustidan chiqsa olgan puli halol bo‘ladi deb aytibdi. Qonunchilik bo‘yicha jinoiy harakatning ijtimoiy og‘irlik darajasi ma’muriy huquqbuzarlikdan og‘irroq hisoblanadi. Savol shundan iboratki, yuqorida “qizil chiroqda o‘tish” masalasi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘lib, lekin u shariatda gunoh hisoblansa, ikkinchi holatda jinoyat alomatlari yaqqol bo‘lgani holda ikkinchi shaxsning harakatlari shariatda joiz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda har qanday firibgarlik va aldov joiz emas. Bu firibgarlikda jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligining ahamiyati yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:50 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar