Suvga dam solish

Assalamu alaykum xurmatli aziz ustozlar! Men Qur’onni yodlashga qiylanib qolganimda Allohning izni bilan shu saytga kirgandim. Alhamdulillah shu erdan juda kerakli maslahatlarni topdim. Yod olish duosi haqidagi hadislarni keltirib, juda keng tushuntirib beribsizlar. Alloh rozi bo‘lsin. Suvga 786 marta “Basmala”ni aytib dam solish haqida ham o‘qidim. Shularga ixlos bilan amal qilib ko‘rdim. Oldin bir kunda 10 yoki 13 oyatni zo‘rg‘a yodlar edim, hozir esa Alhamdulillah 30, 40, 44 oyat yodlashimga Alloh meni qodir qilib qo‘ydi. Jaza kumullohu xoyron. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Qadrli ustozlar, iltimos meni va Qur’on yodlayotgan muslim va muslimalar haqqimizga g‘oyibona duo qilinglar. Alloh bizni ham qori va qoriyalar qatoriga qo‘shsin. In shaa Alloh Savol: Suvga “Basmala”ni aytib dam solayotganda ovozni chiqarmay ichida aytsa bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘qish deb – eng kami o‘zi eshitadigan darajaga aytiladi. Vallohu a’lam.

21 Aprel 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 265 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar