Yolg‘on qasamning kafforati qanday bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Yoshim 32 da. Islomiy bilimim ham o‘ziga yarasha bor. Ammo hayotda turli holatlarga tushib, iymonim zaiflik qilib, shaytonir rojiymga vasvasa bo‘lib deyarli 10 ga yaqin yolg‘on qasam ichganman. Qur’onni ushlab yoki Allohning nomini zikr etgan holda. Buning og‘ir gunoh ekanligini bilaman va qilgan ishimdan qattiq pushaymonman. Tavba qilganman. Ammo yolg‘on qasamning kafforati haqida eshitgan edim. Shu kafforatni qilsa, undan yolg‘on qasami gunohi soqit bo‘ladimi? Shu haqida ma’lumot bersangiz. Alloh qilayotgan ishlaringizga baraka bersin, O‘zi sizlardan rozi bo‘lsin. Omin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi.
Qasam uch turlidir:
1. Kishining o‘tgan narsani qilgani yoki tark etganiga qasddan yolg‘on qasam ichishi g‘amusdir. U ila gunohkor bo‘ladi.
«Famus» so‘zi lug‘atda «cho‘milish», «ko‘milish» degan ma’nolarni anglatadi. Chunki unday botil qasam o‘z egasining jahannam oloviga cho‘milishiga, ko‘milishiga sabab bo‘ladi. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ: الْكَبَائِرُ الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَالْيَمِينُ الْغَمُوسُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ  Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Gunohi kabiralar: Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va g‘amus qasamdir», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ: «مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ كَاذِبَةٍ، ليَقْتَطِعَ بِهَا مَالَ رَجُلٍ مُسْلِمٍ، أَوْ مَالَ أَخِيهِ، لَقِيَ اللهَ وَهُوَ عَلَيْهِ غَضْبَانُ»، فَأَنْزَلَ اللهُ تَصْدِيقَهُ:  إِنَّ الَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ اللّهِ وَأَيْمَانِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلاً إِلَى آخِرِ الْآيَةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ  Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir musulmon odamning 
(yoki «o‘z birodarining», dedilar) molini uzib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, Allohga yo‘liqqanida U Zot undan g‘azablangan holda bo‘lur. Bas, Alloh o‘shaning tasdig‘ini: «Alohning ahdini va o‘z qasamlarini ozgina bahoga sotadiganlar – albatta, ana o‘shalarga oxiratda yaxshi nasiba yo‘qdir», deb nozil qildi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan. عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ: مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ مَصْبُورَةٍ كَاذِبًا، فَلْيَتَبَوَّأْ بِوَجْهِهِ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ  Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim yolg‘ondan lozim qiluvchi qasam ichsa, o‘zining do‘zaxdagi o‘rindig‘iga tayyorlanaversin», dedilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
2. O‘shanda o‘zi haq ekanini gumon qilsa-yu, ish aksincha bo‘lsa, qasam behudadir. Bunda afv etilishi umid qilinadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 262 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar