Ko‘k yoki qora do‘ppi

Assalomu alaykum! Biz taraflarda ko‘k yoki qora matoli do‘ppini taziya, marakalarda kiyishsa ota yoki onasi vafot etibdi deb tushunishadi. Agar ota-onasi vafot etmaganini bilishsa sen nega bunaqa do‘ppi kiyding deb dakki berishadi. Men bu narsa noto‘g‘ri deb o‘ylayman. O‘zim ham shunday do‘ppi kiyaman (namozga yoki taziyaga) va menga ham shunday deyishgan. Hamma ham unday tushunchada emasdir lekin men ko‘p eshitganman. Aynan kim aytganini ahamiyatsizligi uchun aytishni lozim ko‘rmadim. Savolim shundayki, qanday rangdagi do‘ppi kiyishning dinimizda ahamiyati bormi?(Albatta sariq yoki qizil emas) 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda bunga doir maxsus ko‘rsatma yo‘q. Vallohu a’lam!Ushbu linkdagi javobni o‘qing: https://savollar.islom.uz/s/1
9

13 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar