Allohdan so‘rash

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, bir tanishim shukur namozda qoim inson, lekin bir kam jixatlari bor: Shukur qilmaydilar. Alloh so‘ragan narsalarini bermagani uchun qiyomatdan Allohdan so‘rab olaman, chunki o‘zi aytgan so‘rasang beraman degan deb javob beradilar. Shu insonga bu dunyo sinov ekanligini, Alloh suygan bandasiniga sinov yuborishini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahobiylar, tobeinlar faqir hayot kechirganlarini ta’kidlayman, lekin foyda kamroq. Iltimos maslahat beringlar yana qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida “Kambag‘allik kufrga yaqin bo‘ldi”, “Allohim sendan faqirlikdan panoh so‘rayman” deganlar. O‘sha siz aytgan kishi birinchi hadisga tushar ekan. Hech kimni Alloh taoloning zimmasida haqqi yo‘q. Alloh taolo bersa ham hikmat bilan beradi, bermasa ham hikmat bilan bermagan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 207 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar