Qazolarim

Assalomu alaykum! Meni ko‘p yillik qazo ro‘zalarim qazo namozlarim bor. Qazolarimni ado qilmoqchiman lekin vasvasam tufayli qo‘rqyapman.lekin vasvasadan haliyam qutulganim yo‘q ammi sal bosilgan. Vasvasa qilgan paytda ee unday emas aniq narsa shubha bn zavol bo‘lmaydi deb ahamiyat bermay ibodat qilaveryapman lekin ohirgi paytlarda qilayotganlarim qabul bo‘layaptimikin. Savob olaman deb gunoh qilib qoymayaikin deb ham qorqayapman miyamga namoz oqimay tursamikkin Qur’on oqimay tursamikan degan bemani hayollar ham kelayapti onda sonda. Qaysidir ibodatni qilsam namoz o‘qisam yo Qur’on o‘qisam men go‘yo najosatli kiyim ila yoki najosat tekkan badan ila ibodat qilmayapmanmi degan o‘ylar kelayapti halovatim yo‘qolgan. Najostadan iloji boricha saqlanyapman lekin baribir suv sachrab ketadi yoki shunga o‘shash narsalar hullas vasvasalar. Chetdan ko‘rgan odam meni SESdanmi bu deyishi aniq. Savolim shunday holatlarda shunaqa narsalarni vasvasaga yo‘yib qilaversa gunohkor bo‘ladimi. Shu holatda vasvasa bolepti deb Qur’on o‘qiyversa qabul bo‘lmay balki gunoh bo‘ladimi. Ahir u bilmay qilganku. Vasvasaga berilmay battar bolaman deb vasvasaga berilmaslikka harakat qilayapman vasvasa yoki shubha gumon bolgan payt istig‘for aytib o‘tkazvoryapman. 2. Qazo ro‘zalarini qazo namzolarini vafot topguncha bajaraversa ham bo‘ladimi zarari yo‘qmi chunki aniq hisoblash mushkul narsa man masalan bilmayman. Namoz o‘qib yurgan paytlarim ham ko‘p bilmay o‘qigan bo‘lsamda qazoga aylanganlari bor ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Vasvasalardan qutulishning eng to‘g‘ri yo‘li undan butkul yuz o‘girishdir. Buni toki tushunib etguningizcha takrorlashdan charchamaymiz.2). Bo‘ladi. Bu ravotib sunnatlarni tark qilish hisobiga bo‘lmasin. Zimmangizdagi qazo namozlaringizni ado qilib bo‘lganingizga gumoningiz g‘olib kelgan vaqtdan boshlab 3-4 rakatlarga zam sura o‘qiysiz va shomning qazosini to‘rt rakat qilib o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

2 Avgust 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar