Taksiga kam pul berish

Assalomu alaykum! Bugun o‘qishga borayotganda narxni kelishib taksiga o‘tirdim. Taksistni mashinada boshqa mijozlari bor edi. U mijozlarini yo‘li bilan meni yo‘lim boshqa edi, meni esa bundan xabarim yo‘q edi. Taksist birinchi boshqa mijozlarini manziliga tashlab keyn meni manzilimga tashlab qo‘ydi, ammo men oddatagidan kech vaqtda etib keldim va darsga kech qoldim. Bu xolatdan jaxlim chiqib taksistga kelishilgandan sal kamrok pul berib tushib kettim. Shu ishim to‘g‘ri bo‘ldimi? Agar taksistni norozi qilgan bo‘lsam aybimni yuvish uchun nima kilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri ish qilmabsiz. Boshqa mijozlardan avval sizni manzilga etkazishi lozimligini shartlashib olishingiz kerak edi. O‘sha taksistga qayta uchraganda qolib ketgan haqqini qaytaring. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar