Ustoz majburiyati

Assalomu alaykum! Men ingliz tilidan repetitorlik bilan shug‘ullanaman. Kunimni deyarli 12 soati dars berish bilan o‘tadi. Ba’zan ishim ko‘pligidan o‘quvchilarimni uyga vazifalarini to‘liq tekshira olmayman. Ular shikoyat ohangida uyga vazifalarimizni tekshirdingizmi deyishganda men ularni urishib, senlar mendan bilim ol, uyga vazifani tekshirtirish ikkinchi darajalik narsa deyman. Savol shariyatda ustozning vazifasi bilim ulashishmi yoki uyga vazifalarni to‘liq tekshirish ham vazifamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘quvchini etarli bilim berish uchun lozim bo‘lgan barcha vazifalar ustozning zimmasidadir. Shu jumladan, uy vazifalarini tekshirib berish ham. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 176 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar