Telegrammdagi pul tikilmaydigan tanlovlar qimormi?
Assalomu alaykum! Yaqinda Telegrammdagi sovrinli o‘yinlar haqida bir savolga javob berildi. Unda Telegramm kanallarida futbol o‘yinlari uchun e’lon qilingan tanlovda olingan sovg‘a harom bo‘ladi, deya javob berilgan. Shu savolni aniqlashtirib qayta so‘rashga ruxsat bergaysizlar. Agar tanlovda ishtirok etish ishtirokchilar uchun mutloq bepul bo‘lsa, ya’ni unga hech kim pul tikmasa, shunchaki tanlov yakunida eng ko‘p ochko olgan ishtirokchi g‘olib bo‘lsa, bu ham qimorga kiradimi? Sovg‘alarni esa tanlov tashkilotchilari o‘z hisoblaridan olib berishadi, lekin ishtirokchilardan hech qanday pul yig‘ilmaydi, boshqacha aytganda, bu tanlovdan tashkilotchilar moddiy manfaat ko‘zlamagan, g‘olibga o‘z yonlaridan sovg‘a olib berishadi. Mana shunday tanlov qimor hisoblanadimi? Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mukofot bir tomondan tikilsa qimor bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:48 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mukofot bir tomondan tikilsa qimor bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:48 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom